FOTOREPORTAJ

Nukus shahrida joylashgan Berdaq nomidagi Qoraqalpoq adabiyoti tarixi davlat muzeyida yosh musavvir Rasul Serimbetov ijodiga bag‘ishlangan “Debyut” nomli shaxsiy ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Badiiy ko‘rgazmada mo‘yqalam sohibining portret, natyurmort, peyzaj janridagi 30 dan ortiq tasviriy san’at asari namoyish etilmoqda.

– Tasviriy san’atga bolaligimdan qiziqaman, – deydi rassom Rasul Serimbetov. – Dastlab bolalar musiqa va san’at maktabida tajribali ustozlardan tasviriy san’at bo‘yicha dars oldim. Hozirda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti San’at fakultetining 3-bosqich talabasiman.

Yosh musavvir mamlakatimiz miqyosidagi nufuzli ko‘rik-tanlov va festivallarda muvaffaqiyatli qatnashib keladi.

Rassomning ko‘rgazmadan joy olgan asarlari o‘ziga xosligi bilan tomoshabinlarda katta qiziqish uyg‘otmoqda.

Maqsad HABIBULLAEV (surat),O‘zA