Poytaxtimizdagi “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida Prezident Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz sog‘liqni saqlash sohasi vakillari bilan ochiq muloqoti boshlandi.

Ta’kidlash lozimki, bunday tadbir mamlakatimiz tarixida ilk marotaba o‘tkazilmoqda. Unda sohani yanada rivojlantirish, tizimli muammolarni bartaraf etish chora-tadbirlari muhokama qilinadi, tibbiyot xodimlarining takliflari eshitiladi.

Ochiq muloqotga tayyorgarlik doirasida tibbiyot xodimlari va aholidan 25 mingdan ortiq murojaat va takliflar kelib tushgan. Ular tahlil qilinib, “Tibbiyotdagi islohotlar – inson qadri uchun” degan ezgu g‘oya asosida yurtimiz sog‘liqni saqlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish va xalqimizga tibbiy xizmat ko‘rsatish samaradorligi va sifatini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

Muloqotda “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida 1000 dan ortiq, viloyat va tumanlardagi studiyalarda esa jami 13 mingdan ziyod sog‘liqni saqlash sohasi vakillari ishtirok etmoqda.

Z.JONIBEKOV, O‘zA