Nukusda Ӯzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesidagi O‘zMTDP fraksiyasining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, Xalq deputatlari shahar va tuman Kengashlari deputatlari, partiya faollari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Ӯzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesidagi O‘zMTDP fraksiyasining  2024  yilgi ish rejasiga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi rahbarlarining hisoboti eshitildi.

O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi saylovoldi Dasturida davlat va jamiyat o‘rtasida ishonchli muloqot, mansabdor shaxslarning fuqarolar oldidagi hisobdorligi va fuqarolarning davlat boshqaruvidagi huquqlaridan samarali foydalanishi kabi vazifalar belgilangan. Shundan kelib chiqqan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesidagi partiya fraksiyasi a’zolari tomonidan dastlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi vakilining hisoboti eshitildi. Tadbirda shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi mas’ul vakilining hisoboti eshitildi.

Majlisda mazkur sohalardagi bir qator yutuqlar barobarida ba’zi kamchiliklarham  borligini ta’kidlandi. So‘zga chiqqan deputatlar amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha o‘z fikr va mulohazalarini bildirdi. Majlisda ko‘rilgan masalalar yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.

Dovud ABIBULLAEV,  

Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA