FOTOREPORTAJ

Nukus shahrida ham “Olympic day” va “Yoshlar kuni»ga bag‘ishlangan BYD “Yangi Nafas” an’anaviy ommaviy yugurish musobaqasi o‘tkazildi.

Musobaqa O‘zbekiston Respublikasi Sport, Mudofaa, Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirliklari, Yoshlar ishlari agentligi, Kasaba uyushmalari  hamda Yengil atletika federatsiyalari tomonidan tashkil etildi.

Maktab o‘quvchilari, talabalar, harbiy xizmatchilar, korxona va tashkilotlardan 7 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan jami 7 ming nafardan ziyod ishtirokchi 3 kilometr masofada o‘z imkoniyatini sinovdan o‘tkazdi.

Erkaklar o‘rtasida R. Iskanderov va ayollar o‘rtasida D .Ozodova 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Imkoniyati cheklangan shaxslar o‘rtasida D. Mambetniyozov va M. Yesenaliyeva musobaqa g‘olibi bo‘ldi. Shuningdek, bir nechta nominatsiyalar bo‘yicha ham g‘oliblar aniqlandi.

Yakunda g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan tayyorlangan maxsus diplom va medallar bilan taqdirlandi.

Tadbir doirasida Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugi xarbiylarining ko‘rgazmali chiqishlari, harbiy orkestr va san’atkorlar ijrosidagi konsert dasturi ishtirokchilarga bayram kayfiyatini ulashdi.

Maqsad HABIBULLAEV(surat),O‘zA