O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining q a r o r i

O‘zbekiston Respublikasida turizm, madaniy meros va muzeyshunoslik sohalarida xalqaro standartlarga mos uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, mehnat bozorining zamonaviy talablariga muvofiq yuqori malakali raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash jarayonini yo‘lga qo‘yish, fan, ta’lim va ishlab chiqarishning integratsiyasini ta’minlash maqsadida:

1. Turizm va sport vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi va Samarqand viloyati hokimligining:

a) “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetini “Ipak yo‘li”turizm va madaniy meros xalqaro universitetietib qayta nomlash;

b) “Ipak yo‘li” turizm va madaniy merosxalqaro universitetini (keyingi o‘rinlarda – Universitet) Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo davlatlarningturizm, madaniy merosni boshqarish va muzeyshunoslik sohalarida kadrlar tayyorlovchi tayanch oliy ta’lim muassasasi hamda ushbu sohalarni ilmiy va innovatsion tadqiq etish bo‘yichailmiy muassasaga aylantirish;

v) quyidagilarni:

2022/2023 o‘quv yilidan boshlab Shahrisabz, Marg‘ilon va Xiva turizm va servis kollejlari negizida oliy ta’lim tizimi bilan integratsiyalashgan ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlaydigan Shahrisabz, Marg‘ilon va Xiva turizm va madaniy meros texnikumlariни (keyingi o‘rinlarda – Madaniy meros texnikumlari) tashkil etish;

Samarqand turizm va servis texnikumini Samarqand turizm va madaniy meros texnikumihamda Buxoro turizm texnikumini Buxoro turizm va madaniy meros texnikumi deb qayta nomlash;

Turizmni rivojlantirish instituti, Madaniy meros texnikumlari, Andijon, Zomin va Bo‘stonliq turizm va servis kollejlari hamda Toshkent turizm va biznes kollejini Turizm va sport vazirligi tuzilmasidan Universitet tuzilmasiga o‘tkazish;

g) Toshkent turizm va servis kolleji negizida Universitetning Toshkent filialini tashkil etish;

d) Universitetni Madaniy meros agentligi huzuridagi Samarqand arxeologiya institutining ilmiy va innovatsion tadqiqotlar sohasidagi hamda metodik yo‘nalishlardagi faoliyatini muvofiqlashtiruvchi vakolatli organ etib belgilash;

ye) “Ipak yo‘li” davlatlari tarixi, san’ati va sivilizatsiyalarini tadqiq va namoyish etish uchun Universitet huzurida:

“Ipak yo‘li” xalqaro tadqiqot instituti;

“Ipak yo‘li” muzeyi;

“Ipak yo‘li” art-rezidensiyasi;

“Ipak yo‘li” san’at galereyasi;

Restavratorlarni qayta o‘qitish va malakasini oshirish markazini tashkil etish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.

2. Quyidagilar:

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” 2-ilovaga muvofiq;

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Vasiylik kengashining tarkibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

3. Belgilab qo‘yilsinki:

a) Universitetning Vasiylik kengashiga:

Turizmni rivojlantirish instituti, “Ipak yo‘li” xalqarotadqiqot instituti, “Ipak yo‘li” muzeyi, “Ipak yo‘li” art-rezidensiyasi, “Ipak yo‘li” san’at galereyasi hamda Restavratorlarni qayta o‘qitish va malakasini oshirish markazining tuzilmalari va nizomlarini tasdiqlash, shuningdek, ular boshqaruv xodimlarining cheklangan sonini belgilash;

Turizmni rivojlantirish instituti, “Ipak yo‘li” xalqaro tadqiqot instituti, “Ipak yo‘li” muzeyi, “Ipak yo‘li” art-rezidensiyasi, “Ipak yo‘li” san’at galereyasi hamda Restavratorlarni qayta o‘qitish va malakasini oshirish markazi direktorini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish;

Universitetning byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan xodimlarga ularning ish hajmi va samaradorligini hisobga olgan holda lavozim maoshining 200 foizigacha bo‘lgan miqdorda qo‘shimcha oylik ustamalar belgilash;

Universitet bosh menejeri va rektorining vazifa hamda funksiyalarini tasdiqlashhuquqi beriladi;

b) har yili Universitetga Shanxay Hamkorlik Tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi hamda Turkiy tilli davlatlar Hamkorlik Kengashiga a’zo mamlakatlar fuqarolariga magistraturada davlat granti asosida ta’lim olish uchun85 ta o‘rin ajratiladi.

Samarqand viloyati hokimligi Universitetning xorijiy professor-o‘qituvchilari va izlanuvchilari uchun xizmat turar joyi sifatida 20 ta uy-joy ajratib berilishini ta’minlasin.

4. Turizm va sport vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Samarqand viloyati hokimligi bir oy muddatda:

a) Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda:

Samarqand veterinariya meditsinasi institutiga qarashli, Samarqand shahri, Maxmud Qoshg‘ariy ko‘chasi, 85/a-uy manzilida joylashgan, o‘quv jarayonida foydalanilmayotgan binoni “Ipak yo‘li” art-rezidensiyasiga;

Samarqand viloyati hokimligiga qarashli, Samarqand shahri, Nodirabegim ko‘chasi, 4a-uy manzilida joylashgan yotoqxona binosini Samarqand veterinariya meditsinasi institutiga;

b) Kinematografiya agentligi bilan birgalikda Samarqand shahri, Beruniy ko‘chasi, 1-uy manzilida joylashgan sobiq kinoteatr binosini “Ipak yo‘li” san’at galereyasiga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul o‘tkazib berilishini ta’minlasin.

Samarqand viloyati hokimligi, Turizm va sport vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda Kinematografiya agentligi bir oy muddatda mazkur bandda keltirilgan bino va inshootlarni bepul o‘tkazib berish bo‘yicha qabul qilish-topshirish dalolatnomasi rasmiylashtirilishini ta’minlasin.

5. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra:

turizm, madaniy meros va muzeyshunoslik sohalaridagi istiqbolli mutaxassislar, ayniqsa pedagoglar, ilmiy kadrlar va restavratorlarni tanlash va ularning ta’lim olishini tashkil etish uchun “El-yurt umidi” jamg‘armasining 2022–2026 yillarda xorijdagi nufuzli ta’lim muassasalarida turizm, madaniy meros va muzeyshunoslik yo‘nalishlarida doktorantura (PhD) va magistraturada o‘qitish dasturi(keyingi o‘rinlarda – Dastur) joriy qilinadi;

Dastur doirasida mutaxassislarni xorijiy mamlakatlarning nufuzli ta’lim va ilmiy muassasalarida ta’lim olishga yuborish
“El-yurt umidi” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan xorijda ta’lim olish uchun nomzodlarni tanlab olish tartibiga muvofiq amalga oshiriladi;

Dastur doirasida 50 nafar iqtidorli mutaxassislar, shu jumladan ularning 40 nafari magistratura bosqichida va 10 nafari doktorantura (PhD) bosqichida o‘qitiladi;

Dastur doirasida xorijiy ta’lim va ilmiy muassasalarda tahsil olib, magistratura va doktoranturani bitirib qaytgan mutaxassislarga Turizm va sport vazirligining yo‘llanmasi asosida ta’lim muassasalari hamdamadaniy meros va muzeyshunoslik sohalaridagi tashkilotlarda kamida 5 yil davomida uzluksiz faoliyat olib borish yoki xorijda ta’lim olish xarajatlarini 12 oy davomida ikki baravar miqdorda “El-yurt umidi” jamg‘armasiga qaytarish majburiyati yuklanadi.

6. Belgilansinki:

a) Madaniy meros texnikumlarifaoliyatini moliyalashtirish:

O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari;

to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushadigan mablag‘lar;

xo‘jalik faoliyatidan va shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatishdan tushadigan tushumlar;

jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;

qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi;

b) Turizmni rivojlantirish instituti faoliyatini moliyalashtirish:

binolar va inshootlarni saqlash xarajatlarini moliyalashtirish, shuningdek, Institut xodimlari mehnatiga haq to‘lash uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan ajratiladigan mablag‘lar;

davlat ilmiy dasturlarini amalga oshirish uchun ajratilgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari;

Universitetning byudjetdan tashqari mablag‘lari;

Turizm va sport vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Turizm va sportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi;

ilmiy-tadqiqot, axborot-tahlil ishlarini amalga oshirishdan, shartnoma asosida bajariladigan ta’lim va boshqa xizmatlardan tushadigan mablag‘lar;

jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;

qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi;

v) “Ipak yo‘li” xalqaro tadqiqot instituti, “Ipak yo‘li” muzeyi, “Ipak yo‘li” art-rezidensiyasi, “Ipak yo‘li” san’at galereyasi hamda Restavratorlarni qayta o‘qitish va malakasini oshirish markazi faoliyatini moliyalashtirish:

O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari;

ilmiy-tadqiqot, axborot-tahlil ishlarini amalga oshirishdan, shartnoma asosida bajariladigan xizmatlardan tushadigan
mablag‘lar;

jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;

Universitetning byudjetdan tashqari mablag‘lari;

qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi;

g) Universitetning Toshkent filiali faoliyatini moliyalashtirish:

O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari;

to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushadigan mablag‘lar;

xo‘jalik faoliyatidan va shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatishdan tushadigan tushumlar;

jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;

xalqaro moliya institutlarining grantlari;

qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.

7. Turizm va sport vazirligi:

Moliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda Universitet kutubxonasi, uning tashkiliy tuzilmasiga kiruvchitexnikumlar vakollejlar hamdaTurizmni rivojlantirish institutining laboratoriyasini zamonaviy uskunalar va butlovchi qismlar bilan jihozlash bo‘yicha taklif ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;

Fanlar akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan birgalikda 2022 yil 1 martga qadarUniversitet huzuridagi “Ipak yo‘li” xalqaro tadqiqot instituti, “Ipak yo‘li” muzeyi, “Ipak yo‘li” art-rezidensiyasi, “Ipak yo‘li” san’at galereyasi hamda Restavratorlarni qayta o‘qitish va malakasini oshirish markazi faoliyatini tashkil etish bo‘yicha qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda 2022 yil 1 mayga qadarToshkent turizm va servis kolleji negizida Universitetning Toshkent filialini tashkil etish bo‘yicha qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda Universitetning Toshkent filiali hamda mazkur qarorga muvofiq Samarqand veterinariya meditsinasi institutiga berilayotgan bino va inshootlarning rekonstruksiya qilish uchun O‘zbekiston Respublikasining 2021–2023 yillarga mo‘ljallangan Investitsiya dasturiga kiritilishini ta’minlasin.

8. Moliya vazirligi:

“Ipak yo‘li” xalqaro tadqiqot instituti, “Ipak yo‘li” muzeyi, “Ipak yo‘li” art-rezidensiyasi, “Ipak yo‘li” san’at galereyasi, Restavratorlarni qayta o‘qitish va malakasini oshirish markazi, Universitetning Toshkent filiali va tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi texnikumlar vakollejlar hamda Turizmni rivojlantirish institutini saqlash xarajatlari uchun 2022 yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti parametrlarida mablag‘ ajratilishini;

2022 yildan 2026 yilga qadar har yili O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti parametrlarida “El-yurt umidi” jamg‘armasiga Dastur doirasida nufuzli ta’lim va ilmiy muassasalarda doktorantura (PhD) va magistraturada o‘qitish uchun mablag‘ ajratilishininazarda tutsin.

9. Tashqi ishlar vazirligi:

Universitet professor-o‘qituvchilari, Turizmni rivojlantirish instituti xodimlarining yetakchi xorijiy oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida malakasini oshirish va amaliyotini tashkil etishda, shuningdek, ilg‘or xorijiy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan xalqaro aloqalarni o‘rnatishda Turizm va sport vazirligiga amaliy yordam ko‘rsatsin;

Turizm va sport vazirligining buyurtmanomasiga ko‘ra Universitet, Madaniy meros texnikumlariva Turizmni rivojlantirish institutining ilmiy va o‘quv jarayonida ishtirok etuvchi xorijiy mutaxassislarga, professor-o‘qituvchilarga va ilmiy xodimlarga kirish vizalari konsullik yig‘imlari va haqiqiy xarajatlarning o‘rnini qoplash hisobidan yig‘imlar undirilmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini ta’minlasin.

10. Turizm va sport vazirligi:

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda 2022 yil 1 sentyabrga qadar yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalarining tajribasini o‘rganib, kadrlar buyurtmachisi bo‘lgan tashkilotlarning takliflarini inobatga olgan holda, turizm, madaniy meros va muzeyshunoslik sohasidagi ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar bo‘yicha davlat ta’lim standartlari, malaka talablari, o‘quv rejalari va fan dasturlarini qayta ko‘rib chiqsin va tasdiqlasin;

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda 2022 yil 1 iyunga qadar Madaniy meros texnikumlari hamda turizm va servis kollejlariga xorijiy hamkor tashkilotlarni jalb qilish bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

11. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va O‘zbekiston Milliy axborot agentligi mazkur qarorning maqsad va vazifalarini tushuntirish yuzasidan ommaviy axborot vositalarida maqolalar e’lon qilinishi va tematik ko‘rsatuvlar tashkil etilishini ta’minlasin.

12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga
4-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.

13. Turizm va sport vazirligihamdaOliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

14. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib turizm va sport vazirining o‘rinbosari A.O‘. Akkulov belgilansin.

Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A. Abduxakimov zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi

            Prezidenti                                           Sh.MIRZIYOEV

Toshkent shahri, 

2021 30 oktyabr