AQSH va Yevropa so‘nggi oylarda Ukrainaga va’da qilingan harbiy yordamni to‘liq bera olmadi, deya bayonot berdi NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg Germaniyaga tashrifi chog‘ida. Uning ma’ruzasi matni alyans saytida e’lon qilingan.

– Rostini aytishimiz kerak, so‘nggi oylarda NATO ittifoqchilari Ukrainaga yordam bo‘yicha va’dasini bajarmadi, – dedi u. – Bir necha oy davomida AQSH yangi ko‘mak paketi bo‘yicha bir to‘xtamga kela olmadi, Yevropa mamlakatlari esa rejadagidan ancha kam yordam yetkazib berdi. Kechikish holati salbiy oqibatga olib kelishi mumkin. Ukraina Rossiya droni va raketasidan himoyalanish uchun zarur vositaga ega emas, Kiyevning o‘t ochish qudrati ham Rossiyanikiga nisbatan ancha kam. Binobarin, Ukraina uchun barchasi qo‘ldan boy berilgani yo‘q, chunki yordam allaqachon yo‘lga chiqqan.