O‘zbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatrida xorijiy mamlakatlarning bolalar teatrlari bilan hamkorlikda axborot texnologiyalariga bag‘ishlangan “XXI asr bolalari” ilk xalqaro teatr festivali boshlandi.

Mazkur festivalning tantanali ochilish marosimida madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Avazxon Tojixonov, raqamli texnologiyalar vazirining o‘rinbosari Rustam Karimjonov ishtirok etdi.

Ta’kidlanganidek, bugungi kunda yosh avlodni ta’sirchan va samarali tarzda teatr san’atiga jalb etish dolzarb ahamiyayat kasb etadi.

Mazkur festivaldan ko‘zlangan asosiy maqsad madaniyat va axborot texnologiyalari sohalarini uyg‘unlashtirish, yoshlar tarbiyasi va kamolotida ilg‘or texnologiyalar hamda teatr san’atining so‘nggi  yutuqlaridan keng foydalanishdan iboratdir.

Festivalda mamlakatimiz hamda xorijlik bolalar teatr jamoalari o‘zlarining eng sara spektakllari bilan ishtirok etadi.

Axborot texnologiyalariga bag‘ishlangan “XXI  asr bolalari” ilk xalqaro teatr festivalining dastlabki kuni O‘zbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatrining rejissyori Malika Iskandarova tomonidan sahnalashtirilgan “Game over”   spektakli bilan boshlandi.

N.Usmonova,  

O‘zA