Poytaxtimizda bo‘lib o‘tgan uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumida 93 davlatdan ikki yarim mingga yaqin xorijiy kompaniya rahbarlari, yirik investorlar ishtirok etdi. Ularning taassurotlari bilan tanishtirishda davom etamiz.

Suhbatdoshimiz – Dubaydagi energetikaga ixtisoslashgan “AMEA Pover” kompaniyasi loyiha direktori Basma Bin Tohir.

 O‘zbekiston bilan bir yildan buyon shartnoma imzolash ustida ish olib boryapmiz. Forum yalpi sessiyasi va sho‘ba yig‘ilishlari yuqori saviyada tashkil etilgan. Prezident Shavkat Mirziyoyevning ma’ruzasini qiziqish bilan tingladim va mamlakatingiz cheksiz imkoniyatga egaligi, bu  yurtda biznes yuritish uchun juda qulay muhit yaratilganiga ishonch hosil qildim. Davlat rahbarining chiqishidan keyin O‘zbekiston bozoriga kirish, ushbu davlat bilan hamkorlik qilish istagi yanada kuchaydi.

Forum doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasida 100 GV quvvatli energiya ishlab chiqarish qurilmasi o‘rnatish to‘g‘risida shartnoma imzoladik. Bu hamkorligimizning boshlanishi. O‘ylaymanki, hali ko‘p loyihalarni amalga oshiramiz.

Kompaniyamiz Markaziy Osiyo davlatlari orasida birinchi bo‘lib O‘zbekiston bilan sheriklik o‘rnatib, mamlakatingizga investitsiya kirityapti. Anjuman davomida ko‘plab tashkilotlar, xususan Energetika vazirligi bilan ham muloqot olib bordik va muayyan kelishuvlarga erishdik.

O‘zbekistonga bir yil oldin ham kelgandim. O‘tgan qisqa vaqt ichida mamlakatingizda ulkan o‘zgarishlar yuz beribdi. Yil sayin samimiy va mehmondo‘st o‘zbek xalqiga nisbatan hurmatim ortyapti. Qisqasi, bu diyorni yaxshi ko‘rib qoldim.

Go‘zal Sattorova,

Anvar Ahmedov tayyorladi. O‘zA