Islom hamkorlik tashkiloti axborot agentliklari ittifoqi (UNA OIC) Rossiya Federatsiyasining Tatariston poytaxti Qozon shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Qozon forumi-2024” doirasida “Interfaks” agentligi bilan hamkorlik memorandumini rasmiylashtirdi.
Hujjatni bosh direktor Muhammad bin Abd Rabbo Al-Yamiy va direktor Andrey Panasenkov imzoladi.
Memorandum hamkorlikni kengaytirish, jumladan yangiliklar almashish, Rossiya va IHT mamlakatlari o‘rtasidagi munosabatga oid muhim voqealar, shuningdek ingliz, arab va fransuz tillarida xalqaro yangiliklarni yoritib borishga qaratilgan.
Muhammad bin Abd Rabbo Al-Yamiy mazkur tashabbus OAV faoliyatiga daxldor umumiy muammolarni hal qilish uchun Ittifoqning xalqaro media institutlari bilan hamkorligini mustahkamlash, tuzilmaning media sohasidagi ishtirokini faollashtirish doirasida ilgari surilganini ta’kidladi.
Darvoqe, Ittifoq RFning “Sputnik”, “Viory”, “Tatmedia”, “RT Arabik” kabi qator ommaviy axborot vositalari bilan sheriklikni yo‘lga qo‘ygan.
Muharrama Pirmatova,
O‘zA