Rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga kelgan Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov hamrohligida “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga tashrif buyurib, Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi, mamlakatimizning mustaqil taraqqiyot yo‘li va ushbu noyob majmuaning yaratilishi tarixi bilan tanishdi.

Tashrifning oliy darajadagi tadbirlari  bugun, kunning ikkinchi yarmida “Ko‘ksaroy” qarorgohida bo‘lib o‘tadi.

Oliy martabali mehmon Samarqand va Buxoro shaharlariga ham tashrif buyurib, xalqimizning boy madaniy-tarixiy va ma’naviy merosi bilan tanishadi, qo‘shma biznes forumida ishtirok etadi.

O‘zA