O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim 17 may kuni rasmiy tashrif bilan yurtimizga keldi.
Poytaxtimiz aeroportida oliy martabali mehmon sharafiga ikki mamlakat davlat bayroqlari ko‘tarildi va faxriy qorovul saf tortdi.
Malayziya Hukumati rahbarini Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.
So‘ng Malayziya delegatsiyasi “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga yo‘l oldi.
Otabek MIRSOATOV (surat),O‘zA