Nyu-York shahrida O‘zbekiston va Jibuti o‘rtasida diplomatik munosabat o‘rnatish to‘g‘risida Qo‘shma kommyunike imzolandi.

“Dunyo” xabar berishicha, hujjatni ikki davlatning BMTdagi doimiy vakillari Ulug‘bek Lapasov va Muhammad Dualih imzoladi.

Tomonlar xalqaro tashkilotlar, jumladan BMTning ixtisoslashgan muassasalari doirasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga tayyorliklarini bildirdi.

Sheriklikning o‘zaro manfaatli yo‘nalishlarini topish uchun o‘zaro munosabatni faollashtirishga kelishildi.

Jibuti O‘zbekiston bilan diplomatik munosabat o‘rnatgan 149-davlat bo‘ldi.