FOTOREPORTAJ

Nukusda “Turon” maktab teatr ko‘rik-tanlovining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda tanlovning tuman va shahar bosqichlarida g‘olib bo‘lgan jami 17 jamoa ishtirok etdi.

Tanlov o‘quvchilar o‘rtasida teatr san’ati va madaniyatini keng targ‘ib qilish va maktablardagi teatr studiyalarining faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, uni yuqori saviyada o‘tkazish uchun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Madaniyat vazirligi mas’ul etib belgilangan.

Tanlov ishtirokchilari “Bizning maktab”, “Madaniyat va san’at bilimdoni”, “Teatr – ibratxona” shartlari bo‘yicha o‘z bilim va mahoratini sinovdan o‘tkazdi.

Hay’at a’zolarining yakuniy xulosasiga ko‘ra, Nukus shahridagi 31-umumta’lim maktabining “Tong nuri” jamoasi birinchi o‘ringa loyiq, deb topildi. Qorao‘zak tumanidagi 1-umumta’lim maktabining “Qorabo‘rik” jamoasi ikkinchi, Nukus tumanidagi 29-umumta’lim maktabining “Jayxun” jamoasi uchinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi.

G‘olib jamoalar tashkilotchilar tomonidan maxsus statuetka, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

 

Maqsad HABIBULLAEV(surat),O‘zA