O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

Mamlakatimizda mo‘tabar ayol zotiga ulkan ehtirom ko‘rsatish, davlat va jamiyat hayotida tutgan o‘rni va nufuzini oshirish, shuningdek, o‘zining samarali mehnati, boy tajribasi bilan yurtimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonida faol qatnashib, Yangi O‘zbekistonni barpo etish, xalqimiz farovonligini yuksaltirish yo‘lida tashabbus va ibrat ko‘rsatib kelayotgan, oilalarda ma’naviy-axloqiy muhitni mustahkamlash, yoshlarimizni ona Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga katta hissa qo‘shayotgan xotin-qizlarni munosib taqdirlash maqsadida quyidagilar mukofotlansin:

 

«Mehnat shuhrati» ordeni bilan

 

Annaklicheva Gulistan Axmedovna – «Qoraqalpoq adabiyoti» gazetasi bosh muharriri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Bag‘ishova Bilimxon Alimbekovna – Chortoq tumanidagi «Soz-soy» mahalla fuqarolar yig‘ini xotin-qizlar faoli, Namangan viloyati

Jo‘raqulova Rano Muhamedjanovna – Samarqand viloyati musiqali drama teatrining drama artisti

Raximova Guloro – Xorazm viloyati musiqali drama teatrining yetakchi sahna ustasi

Raximova Rayxon Abdurasulovna – Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlarining malakasini oshirish o‘quv kursi direktori

Egamberdiyeva Turgunoy Axamadjonovna – Farg‘ona davlat universitetining O‘zbekiston tarixi kafedrasi professori, Farg‘ona viloyati

 

«Do‘stlik» ordeni bilan

 

Aymuratova Liza Aytmuratovna – «Quo‘anish jarma» irrigatsiya tizimi boshqarmasi muhandis-gidrotexnigi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Aslonova Emma Sergeevna – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi a’zosi

Axmedova Maxsuma To‘xtamurodovna – O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, yozuvchi

Baxramova Rizvon Axrorovna – Buxoro viloyati bosh imom-xatibining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha yordamchisi, bosh otinoyisi

Voxidova Matlubaxon Manonovna – So‘x tumanidagi «Mulki Bovohid» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Farg‘ona viloyati

Djakeeva Zamira Derbisovna – Tomdi tumani sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi boshlig‘i, Navoiy viloyati

Djuraliyeva Azamat Turayevna – Termiz tumanidagi «Temur bobo» fermer xo‘jaligi agronomi, Surxondaryo viloyati

Do‘liboyeva Barchinoy Abdurasulovna – Baxmal tumanidagi «Barlos» folklor jamoasi badiiy rahbari, Jizzax viloyati

Yesimxanova Regina Aleksandrovna – «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyatining Toshkent yuk vagon deposi vagon yig‘uv sexi kran mashinisti

Zyangurova Ruzaliya Shafkatovna – Sirdaryo viloyati ixtisoslashtirilgan sport maktabining yengil atletika bo‘yicha murabbiysi

Iskandarova Roza Raxmanovna – O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining xoreografiya pedagogikasi kafedrasi dotsenti

Kayumova Malikaxon Abduraximovna – Pop tumanidagi «Papfen» mas’uliyati cheklangan jamiyati operatori, Namangan viloyati

Muradova Gulzira Sariyevna – Mirishkor tumanidagi «Yangi Mirishkor agropilla» mas’uliyati cheklangan jamiyati pillachisi, Qashqadaryo viloyati

Sergeeva Yuliya Vladimirovna – O‘rta Chirchiq tumanidagi «Kim Pen Xva chorva» fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Toshkent viloyati

Xamroyeva Gulnoza Mamatmuratovna – Pastdarg‘om tumanidagi 8-oilaviy bolalar uyi rahbari, Samarqand viloyati

Xodjayeva Sayyora Ataxanovna – Demokratiya va inson huquqlari instituti direktori

Sherova Saodat Otajanovna – Shovot tumanidagi «Shovot qal’a bioservis» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari,

Xorazm viloyati

Ergaziyeva Mayramxon Satvoldiyevna – «Hunarmand» uyushmasining Andijon viloyati boshqarmasi a’zosi, do‘ppido‘z

Yagafarova Nailya Munirovna – «12-trest» aksiyadorlik jamiyatining arxitektorlar va dizaynerlar bo‘limi yetakchi arxitektori, Toshkent shahri

 

II darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan

 

Bafoyeva Sidiqa Xamroyevna – Kogon shahridagi «Arabxona» mahalla fuqarolar yig‘ini xotin-qizlar faoli, Buxoro viloyati

Norbayeva Zevarjon Tangriberganovna – Qo‘shko‘pir tumanidagi 1-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktab-internatining kimyo fani o‘qituvchisi, Xorazm viloyati

Tashmatova Zulfiya Azizovna – Chilonzor tumanidagi «Ko‘rkam» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Toshkent shahri

 

II darajali «Salomatlik» ordeni bilan

 

Buriyeva Sharofat – Paxtachi tumanidagi «Hakimqul» oilaviy shifokorlik punkti mudiri, Samarqand viloyati

Normurodova Ma’rifat Egamurodovna – Sherobod tumanidagi «Euro Med Plus» diagnostika va davolash markazi rahbari, Surxondaryo viloyati

Xolboyeva Gulnoz Baxadirovna – Toshkent shahri tez tibbiy yordam klinik shifoxonasi anesteziolog-reanimatologi

 

«Sog‘lom turmush» medali bilan

 

Azimova Rano Ismailjanovna – Xonobod shahridagi «Kampirrovot» oilaviy shifokorlik punkti patronaj hamshirasi, Andijon viloyati

Xalikova Olga Andreevna – Yuqori Chirchiq tumani sport maktabi direktori, Toshkent viloyati

 

«Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan

 

Imamova Yulduz Allanazarovna – Jarqo‘rg‘on tumani ichki ishlar bo‘limining huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmasi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori, Surxondaryo viloyati

Rasulova Gulbaxor Obidovna – Jizzax shahar ichki ishlar boshqarmasining 2-ichki ishlar bo‘limi huquqbuzarliklar profilaktikasi guruhi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori, Jizzax viloyati

 

«Kelajak bunyodkori» medali bilan

 

Atadjanova Dildora Adilbek qizi – Sergeli tumanidagi «Dalatech Systems» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari,Toshkent shahri

Mamatmo‘minova Iqbol Erkin qizi – Sho‘rchi tumani «Do‘stlik» mahalla fuqarolar yig‘inidagi yoshlar yetakchisi, Surxondaryo viloyati

Mashrabova Muxlisa Alijon qizi – Andijon davlat universitetining san’atshunoslik fakulteti 4-bosqich talabasi, Andijon viloyati

Xudoyberdiyeva Malika Valijon qizi – Uchquduq tumani «Do‘stlik» mahalla fuqarolar yig‘inidagi yoshlar yetakchisi, Navoiy viloyati

 

«Shuhrat» medali bilan

 

Abdug‘ofurova Feruzaxon Tojimatovna – Buloqboshi tumanidagi «To‘lan fayz» mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Andijon viloyati

Abdukarimova Saodat Jumanazarovna – Yangiariq tumani «Yangiariq» mahalla fuqarolar yig‘inidagi hokim yordamchisi, Xorazm viloyati

Ametova Gauxar Gulmuratovna – «Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasi» aksiyadorlik jamiyatining bo‘lim muhandisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Atoyeva Rahima Kamolovna – Xalq deputatlari Romitan tumani Kengashi kotibiyati mudiri, Buxoro viloyati

Achilova Firuza Kurbanovna – Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Qarshi filiali logistikada axborot texnologiyalari kafedrasi dotsenti, Qashqadaryo viloyati

Bobokulova Gulnora Normatovna – Jizzax shahridagi «Zilol» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Jizzax viloyati

Giyozova Inobat Sulaymonovna – Parkent tumanidagi «Kumushkon saxovati» oilaviy turizm korxonasi direktori, Toshkent viloyati

Dulabova Nafisa Yusupovna – O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining regional va rudali geologiya bo‘limi boshlig‘i

Jumanazarova Gulchexira Jumaxmetovna – Kegeyli tumani «Xalqobod» mahalla fuqarolar yig‘inidagi hokim yordamchisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Ismoilova Mamlakat Norqulovna – «Navoiy issiqlik elektr stansiyasi» aksiyadorlik jamiyatining markaziy ta’mirlash sexi kran mashinisti, Navoiy viloyati

Israilova Buayshaxon Abdurasulovna – Uchqo‘rg‘on tumanidagi «Uchkurgan Textile» mas’uliyati cheklangan jamiyatining «John Deere» paxta terim kombayni mexanizatori, Namangan viloyati

Ishonqulova Dilrabo Sayfiyevna – Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasining sex qurilmasi kuzatuvchisi, Qashqadaryo viloyati

Karimberdiyeva Dilbar Ziyatdinovna – To‘rtko‘l tumanidagi «Ayaz yurt» oilaviy turizm korxonasi direktori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Koshipjonova Uktamxon Salimovna – Toshloq tumanidagi «Zamin Aziya Farm» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Farg‘ona viloyati

Kurbanova Munavvara Abdujabbarovna – Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining til nazariyasi kafedrasi dotsenti

Kuchkarova Sayyora Yuldashevna – «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyatining Rux zavodi velslash sexi shixtalovchisi, Toshkent viloyati

Qodirova Nodira G‘ofurovna – Rishton tumanidagi «Olimjon Ilyosbek» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Farg‘ona viloyati

Mirmaxsudova Tamara Narkulovna – O‘zbekiston davlat drama teatrining drama artisti

Negmatova Ulugoy Musanovna – Sardoba tumani telekommunikatsiya bog‘lamasining stansiya inshootlari guruhi aloqa elektr mexanigi, Sirdaryo viloyati

Nuriddinova Manzura Toshqulovna – «Navoiyuran» davlat korxonasining «Uchquduq» ishlab chiqarish maydoni geotexnologik koni apparatchisi, Navoiy viloyati

Patxitdinova Shaxnaza Abdaliyevna – «O‘zbekiston metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyatining elektrda po‘lat eritish sexi kran mashinisti, Toshkent viloyati

Primova Xolida Anorboyevna – Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Samarqand filiali axborot texnologiyalari kafedrasi professori, Samarqand viloyati

Pulatova Saboxat Usmanovna – Buxoro muhandislik-texnologiya institutining tikuvchilik sanoatida innovatsion texnologiyalar kafedrasi professori, Buxoro viloyati

Ruziyeva Dilorom Muxitdinovna – «Hunarmand» uyushmasining Buxoro viloyati boshqarmasi a’zosi, zardo‘z

Soxibova Xusniobod Maxammadovna – Asaka tumanidagi 16-ko‘zi ojiz bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi, Andijon viloyati

Supiyeva Ziyoda Mirxakimovna – Shayxontohur tumanidagi «Lotus Gaz Invest» mas’uliyati cheklangan jamiyatining minorali kran mashinisti, Toshkent shahri

Toshmatova Xakimaxon Raximjonovna – Namangan shahridagi «Mega Star Flowers» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Namangan viloyati

To‘ychiyeva Shoxista Xolboyevna – Nurota tumanidagi «Nurota qorako‘l naslchilik» mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh cho‘poni, Navoiy viloyati

Turayeva Qunduz Xaitovna – «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyatining «Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli» unitar korxonasi katta elektr mexanigi, Qashqadaryo viloyati

Xudaynazarova Maloxat Juramuradovna – Yangiyer shahridagi «Muruvvat» nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ayollar internat uyi farroshi, Sirdaryo viloyati

Shamalikova Dilfuza Shayunusovna – «G‘uncha» jurnali bosh muharriri

Shukurova Etibar Mirazizovna – Toshkent shahri obodonlashtirish bosh boshqarmasining markaziy maydonlarni obodonlashtirishga ixtisoslashtirilgan boshqarmasi ishchisi

Egamberdiyeva Xurshida Primkulovna – Boyovut tumanidagi «Ibrat asademy» o‘quv markazi rahbari, Sirdaryo viloyati

Yulborsova Motluba Omonovna – «O‘zyo‘lko‘prik» klasterining Farg‘ona viloyati filiali yo‘l bo‘limi ishchisi

Yakubova Sharapat Mannonovna – Sharof Rashidov tumani obodonlashtirish boshqarmasi hudud tozalovchisi, Jizzax viloyati

 

O‘zbekiston Respublikasi

       Prezidenti                                                                                                                                     Sh.MIRZIYOEV

 

Toshkent shahri,

2024-yil 5-mart