Davlat xizmatlari markazi xodimlari uchun maxsus forma yaratildi

15 fevraldan boshlab Davlat xizmatlari markazi xodimlari tashrif buyuruvchilarni maxsus uniformada kutib olishadi.
Davlat xizmatlari agentligi tomonidan bugungi kunda davlat xizmatlarini koʻrsatishning yangi standartlarini joriy etish uchun saʼy-harakatlar amalga oshirilmoqda.
Tashrif buyuruvchi markazga kelganda, birinchi boʻlib eʼtibori — bu xodimlarning tashqi koʻrinishi, ularning muomala madaniyatiga eʼtibor qaratishadi. Shu bois, bugungi kunda davlat xizmatlari markazlariga tashrif buyurgan har bir shaxs oʻzini qulay, ularning fikr-mulohazalarini hisobga olinayotganligini his etishlariga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Uniformani ishlab chiqishda mutaxassislar har bir xodimning individual imidji — tashkilot haqida umumiy baho beruvchi yagona korporativ elementi ekanligini asos qilib oldilar.
Yangi forma xodimlarning qatʼiyati va ishchanligiga urgʻu berib, qulay va ixcham. Uniforma komplektlari oʻz ichiga maxsus kashtaga ega pidjak va nimcha, shuningdek, erkaklarda toʻplam bilan bitta rangdagi galstuk va shim, ayollarda uchburchak boʻyin roʻmoli va yubkalarni qamrab oladi. Umuman olganda, Davlat xizmatlari markazlari xodimlari oʻz kasblariga munosib koʻrinishda boʻladi.
Eslatib oʻtamiz, avvallari biz Markazlar xodimlari uchun tasdiklangan tamoyillar haqida aytib oʻtganmiz. Umid qilamizki, munosib tashqi koʻrinish, shuningdek, davlat xizmatlari koʻrsatishning mutlaqo yangi formati mavjud boʻlgan byurokrat-amaldorlar stereotipini yoʻq qilib, xalqqa ochiq boʻlgan davlat xizmatchilari yangi timsolini yaratishga yordam beradi.

 

OʻzA