Suriyaning ehtimoliy yangi hukumati rahbari Ahmad al-Shara mamlakat ziddiyatlardan charchagani va amaldagi kuchlar qo‘shni davlatlar yoki G‘arb uchun xatarli emasligini ta’kidlab, oldin qo‘llanilgan sanksiyalarni bekor qilishga chaqirdi.
– Ushbu voqealar fonida sanksiyalar bekor qilinishi kerak, chunki ular eski tizimga qaratilgan edi. Jabrlanuvchi va zolimga bir xil munosabatda bo‘lish to‘g‘ri emas, – dedi u.
Shara Bashar al-Asad rejimini ag‘dargan “Hay’at tahrir ash-Shom” (HTS) yetakchisi bo‘lib, avvalgi ismi Abu Muhammad al-Joloniy edi.
Uning aytishicha, XTS terrorchi guruh emas va tinch aholi yoki hududlarni nishonga olmagan. Aslida ular o‘zlarini Asad rejimi jinoyatlarining qurboni deb biladi.
Spirtli ichimliklarni iste’mol qilishga ruxsat beriladimi, degan savolga Shara: “Ko‘p narsalar haqida gapirishga haqqim yo‘q, chunki ular qonuniy masalalardir”, deya javob qaytargan.
– Suriyaning yangi konstitutsiyasini yozish uchun huquqshunoslardan iborat qo‘mita tuziladi va ular qaror qabul qiladi, -deb fikr bildirgan yetakchi.
Musulmon Ziyo, O‘zA