![](https://cdn.uza.uz/2022/09/09/06/17/PQuuNJyxSZq6jEeHYwbsSLZvWp8ZVUW1_front.jpg)
Respublika Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 16 fevral kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Kechqurun yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi va ertalab 9-11, kunduzi 2-4 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda biroz yomg‘ir yog‘ib, tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha, ba’zi tumanlarda sekundiga 25-28 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 8-13, Ustyurtda 15-18, kunduzi 3-8 daraja sovuq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha, ba’zi tumanlarda sekundiga 25-28 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi va ertalab 7-12, kunduzi 2-5 daraja iliq bo‘ladi, cho‘l hududlarida kechasi va kunduzi 2-7 daraja sovuq bo‘ladi.
Toshkent, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, kechqurun qorga aylanishi mumkin) bo‘ladi, ba’zi tumanlarda kuchli bo‘ladi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha, ba’zi tumanlarda sekundiga 25-28 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi va ertalab 7-12, kunduzi 2-5 daraja iliqqacha pasayadi.
Samarqand viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha, ba’zi tumanlarda sekundiga 25-28 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi va ertalab 7-12, kunduzi 2-5 daraja iliqqacha pasayadi.
Qashqadaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha, ba’zi tumanlarda sekundiga 25-28 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 7-12, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.
Surxondaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha, ba’zi tumanlarda sekundiga 25-28 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 7-12, kunduzi 18-23 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 3-8, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikamizning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuzatiladi. Joylarda kuchli tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim tumanlarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi va ertalab 2-7 daraja iliq, kunduzi 0-5 daraja sovuqqacha pasayadi.
Muhim hodisalar
16-18 fevral kunlari respublikaning ba’zi hududlarida shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha, ayrim tumanlarida sekundiga 25-28 metrgacha kuchayishi kutilmoqda.
18-19 fevral kunlari O‘zbekiston hududi bo‘ylab havo harorati kechasi 3-8, kunduzi 0-3 daraja sovuqqacha pasayadi. Shimol bo‘ylab 17-19 fevral kunlari kechasi 13-16, kunduzi 5-8 daraja sovuqqacha pasayishi kutilmoqda.
O‘zA