O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi “O‘zbek xalqining madaniy va moddiy merosi jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotida xalqlararo madaniy ko‘prikdir” – Muzeylar faoliyatini takomillashtirish va muzeylarda zamonaviy marketing va menejmentni yo‘lga qo‘yish mavzusida 2024 yil uchun grantlar ajratish uchun ikkinchi tanlovni e’lon qiladi.

Tanlovda barcha – fuqaroligidan qat’iy nazar 16 yoshga to‘lgan jismoniy va yuridik shaxslar ishtirok etishi mumkin.

Tanlovga nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari tomonidan taqdim etilgan quyidagi maqsadlarni nazarda tutuvchi xalqaro standartlarga molik loyihalar qabul qilinadi:

1.  Muzeylarda zamonaviy marketing va menejmentni yo‘lga qo‘yish;

2.  Muzeylarning ilmiy-tadqiqot ishlarini kuchaytirish;

3. Muzey ashyolari va kolleksiyalarini restavratsiya va konservatsiya qilish;

4. Sohada zamonaviy texnologiyalarni, shu jumladan, 7D gologramma shoularni faol tatbiq etish;

5. Muzey tarixi, ashyolar va kolleksiyalarni targ‘ib qilish;

6. Muzeylarga oid eng sara kitob, katalog va boshqa nashrlarni chop etish.

Grant ajratish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

1. Tashkilot rahbari tomonidan imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan kuzatuv xati.

2. Grant loyihasi uchun ishtirokchining arizasi (Agentlik veb saytida shablon kiritilgan).

3. Ishtirokchi jismoniy shaxs bo‘lgan hollarda shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari.

4. Oxirgi o‘zgartish va qo‘shimchalar bilan davlat ro‘yxatidan o‘tgan NNTlar va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining Ustavi (Nizomi) nusxasi.

5. Tashkilotning davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi.

6. Agar loyihani amalga oshirish litsenziyalanadigan faoliyatni talab qilsa, unda litsenziyaning nusxasi.

7. Manfaatdor davlat va jamoat tashkilotlarining tavsiya hamda qo‘llab-quvvatlash xatlari.

Bitta loyiha uchun ajratiladigan grant miqdori – 50 million so‘mgacha.

Hujjatlar 2023 yil 15 noyabrdan 15 dekabrgacha qabul qilinadi.

Hujjatlarni taqdim etish shartlari va namunalari bilan O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining rasmiy veb-saytida 2023 yilning 1 noyabrdan boshlab tanishish mumkin.

 

O‘zA