O‘zgidromet aynan kuzda kutilayotgan ob – havo prognoz ma’lumotlari bilan bo‘lishdi.
Sentyabr
Sentyabr oyida oylik havo harorati ko‘p yillik o‘rtacha iqlimiy me’yordan 1 – 1,5 daraja yuqori kelishi, bir so‘z bilan aytganda, oy issiqroq bo‘lishi prognoz qilinmoqda. Yog‘inlar me’yor atrofida va me’yordan kam bo‘lishi mumkin.
Oktyabr
Sinoptiklar mazkur oyda oylik o‘rtacha havo harorati respublika bo‘ylab iqlimiy me’yor atrofida bo‘lishini ma’lum qilgan. Oyning ikkinchi yarmidan birinchi “sovuq urish” hodisasi ro‘y berib, ba’zi hududlarda tunda havo harorati -2 darajagacha pasayib ketishi ogohlantirilgan. Yog‘inlar me’yor atrofida va undan ko‘proq bo‘lishi ta’kidlangan.
Noyabr
Oy davomida havo harorati me’yor atrofida, ammo yog‘inlar me’yordan biroz kam, kuzning so‘ngi oyi biroz quruqroq o‘tishi kutilmoqda.
Hozirda uzoq muddatli ob – havo prognozlarining yuqori ishonchli usullari mavjud emas, shuning uchun mavsumiy prognozlarni maslahat tarzida qabul qilish tavsiya etiladi.
O‘zA