FOTOREPORTAJ
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxiatosh tumani «Keneges» ovul fuqarolar yig‘inida qariyb 7 yarim ming nafar aholi istiqomat qiladi.
Hududda 4 ta umumta’lim maktabi, 3 ta xususiy maktabgacha ta’lim muassasasi, 1 ta oilaviy shifokorlik punkti va bir qancha savdo va aholiga xizmat ko‘rsatish shoxobchalari mavjud.
Aholi, xususan, «Temir daftar»ga kiritilgan 6 oila, «Ayollar daftari» ro‘yxatidagi 189 nafar xotin-qiz, «Yoshlar daftari»dagi 15 nafar fuqaroni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash ustuvor e’tiborda.
Joriy yilning o‘tgan 6 oyi davomida ovul fuqarolar yig‘indagi 120 nafar fuqaroga o‘zini-o‘zi band qilish, dehqonchilik, chorvachilik, parrandachilik, bog‘dorchilik, hunarmandchilik va tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi uchun hokim yordamchisi tavsiyasiga ko‘ra, 1 milliard 622 million so‘m imtiyozli kredit ajratildi. Shuningdek, aholining turmush sharoitini yaxshilash, tabiiy gaz, elektr energiyasi va ichimlik suvi bilan ta’minlash, ichki yo‘llarni yaxshilash bo‘yicha keng ko‘lamdagi ishlar bajarilmoqda.
Maqsad HABIBULLAEV(surat),O‘zA