Joriy yilning 6-8 sentyabr kunlari «Yangi O‘zbekiston» universitetida O‘zbekiston – Amerika xalqaro tibbiyot forumi bo‘lib o‘tadi.

Tadbirda Amerika standartlariga asoslangan ilg‘or yondashuv va ilg‘or tajribalarni mahalliy tibbiyotga joriy qilish, sarmoyalarni jalb etish masalalari muhokama qilinadi.

Konferensiya ko‘p tarmoqli ilmiy tadbir hisoblanib, unga kimyo, fizika, informatika va matematika yo‘nalishlari bo‘yicha jahon miqyosidagi tadqiqotchi olimlar taklif etilgan.

Spikerlar dunyoning global ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy muammolarini hal qilish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar bo‘yicha sessiyalarda ma’ruza qiladilar.

 

O‘zA