AQSH Milliy aeronavtika va fazoni tadqiq qilish boshqarmasi (NASA) Yerga yaqinlashishi mumkin bo‘lgan xavfli asteroid haqida ogohlantirdi. Bu haqda NASAning Yerga yaqin ob’ektlarni o‘rganish markazi saytida xabar berildi.
Xabarga ko‘ra, ob’ektning Yerga yaqinlashishi 23 avgust kuni sodir bo‘ladi. Shu kuni asteroid 6037 (1988 EG) sayyoradan taxminan 6 million km. uzoqlikda uchib o‘tadi. Uning diametri 430 metrdan 960 metrgacha, tezligi esa sekundiga 14,25 km.
Taxmin qilinishicha, sayyora va samoviy jism o‘rtasidagi minimal masofa deyarli 6,1 million kilometrni tashkil qiladi.
Asteroid 6037 (1988 EG) potensial xavfli deb tasniflanadi. Bu turkumga Yer orbitasini 7,5 million kilometrdan kam masofada kesib o‘tuvchi astronomik ob’ektlar kiradi.
O‘zA