Quyosh yuzasida Yer o‘lchamidan to‘rt barobar katta dog‘ paydo bo‘ldi, deb yozmoqda Ladbible.com sayti.

Xabarda aytilishicha, dog‘ shu darajada kattaki,  uni oddiy ko‘z bilan ham ko‘rish mumkin.

Quyosh yuzidagi dog‘ umuman olganda muammo emas, lekin u qandaydir xavfli hodisaning  xabarchisi bo‘lishi ehtimoli ham bor, deydi mutaxassislar.

Quyosh dog‘i, Quyoshning yuza qismi hisoblanadi. Bu qism Yulduzning o‘rab turgan qismiga qaraganda sovuq. Quyosh dog‘i oddiy hodisa bo‘lib, Quyosh ichidagi ulkan energiya manbai uni beqaror qilishi mumkin.

Quyosh dog‘i ba’zan quyosh portlashi bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkin, bunday paytda Quyosh yuzasidagi ko‘p miqdorda fotonlar koinotga tarqaladi. Ularning ayrimlari Yerdan bir necha barobar katta bo‘ladi. Bunday hodisalar  elektron qurilmalar ishiga halaqit beradi va dunyo bo‘yicha elektr ta’minotining uzilib qolishiga sabab bo‘ladi.

Quyoshning eng yirik portlashi  X-klass portlash deyiladi va u haqiqatan ham juda ulkan bo‘ladi, deyiladi xabarda.