Joriy yilning 9-16 may kunlari bo‘lib o‘tadigan 56-Xalqaro Mendeleyev kimyo olimpiadasiga O‘zbekiston mezbonlik qiladi.

Bu haqda Prezident ta’lim muassasalari agentligi xabar qildi.

Agentlik tomonidan tashkil etiladigan mazkur nufuzli olimpidada Avstriya,  BAA, Xitoy, Rossiya, Turkiya, Xorvatiya, Vengriya, Isroil, Latviya, Makedoniya, Ozarbayjon, Armaniston kabi 20ga yaqin davlatlarning o‘quvchilari ishtirok etishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, Xalqaro Mendeleyev olimpiadasi 1948 yilda tashkil etilgan. U dunyodagi nufuzli olimpiadalardan biri hisoblanadi. Ushbu olimpiada har yili 30 ga yaqin davlat ishtirokida dunyoning turli mamlakatlarida o‘tkaziladi.

O‘zA