Markaziy Osiyo davlatlarining BMT Global aksilterror strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Qo‘shma harakatlar rejasi doirasidagi mintaqaviy hamkorlik mavzusida yuqori darajadagi xalqaro konferensiyada Yevropa Ittifoqi, Markaziy va Janubiy Osiyo, Xitoy, Rossiya, AQSH, Yaqin Sharq va boshqa mamlakatlar tahlil markazlari 600 dan ortiq yuqori martabali rasmiylari, yetakchi ekspertlari, xalqaro hamda mintaqaviy tashkilotlar, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari ishtirok etayotgan konferensiyada nutq so‘zlagan BMT Bosh kotibi o‘rinbosari – Kontrterror boshqarmasi rahbari Vladimir Voronkov BMTning Global aksilterror strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shma harakatlar rejasi boshqa hududlarni ham shunday qadam tashlashga ilhomlantirgan ilk mintaqaviy hujjatligini ta’kidladi.

– Markaziy Osiyo davlatlari qo‘shni davlatlarga terrorchilik tahdidi tarqalishining oldini olishda katta mas’uliyatni o‘z zimmasiga olgan, – dedi Vladimir Voronkov. – Biz terrorizmning oldini olish bo‘yicha birgalikdagi sa’y-harakatimizni ikki hissa oshirishimiz kerak. Zero, Markaziy Osiyo bu sohada yangi tahdidlarga duch kelmoqda. Shu nuqtai nazardan terrorizmning oldini olishga qaratilgan sarmoyalar ancha samaralidir, chunki ular terrorizmga olib keluvchi qulay shart-sharoitlarni bartaraf etish va terrorchilarning radikallashtirish hamda saflariga yangi a’zolarni jalb qilish harakatlariga chek qo‘yishni o‘z ichiga oladi.

Shuningdek, bugungi Toshkent konferensiyasi Global aksilterror strategiyasini mutanosib ravishda amalga oshirish uchun mustahkam zamin yaratishi ham e’tirof etildi.

Ulug‘bek Mahmirzayev,
A’loxon Abdullayev, (surat) O‘zA