Innovatsion rivojlanish vazirligi Axborot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, bir fuqaro o‘zbek-xitoy vaksinasining 3 dozasi bilan emlangan.

Oradan 6 oy o‘tgach, Xitoyga ketishi va bu davlatga kirishi uchun aynan xitoy vaksinasining Buster dozasi bilan emlanishi kerak ekan. Ammo oilaviy poliklinikaga murojaat qilinganida, aholi Buster doza bilan emlanmayotgani, xususan, o‘zbek-xitoy bilan revaksinatsiya qilinmayotgani ma’lum qilingan.

Sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi va aholi salomatligini muhofaza qilish xizmati bo‘lim boshlig‘i Dilorom Tursunovaning ta’kidlashicha, O‘zbekiston bo‘ylab aholi Buster doza bilan emlanmoqda.

Ayniqsa, xitoy-o‘zbek vaksinasi bilan muammo mavjud emas, u aholini emlashga yetarli darajada. Shuningdek, barcha hududlar va oilaviy poliklinikalar, shu bilan birga, emlash punktlari Buster doza bilan emlashga ko‘rsatma olgan va tartibi bilan tanishtirilgan.

 

O‘zA