2017-yil Chexiyaning Liditse shahrida bo‘lib o‘tgan bolalar badiiy ijodiyotiga oid xalqaro tanlovning yaqinda e’lon qilingan natijalariga ko‘ra, o‘zbekistonlik besh nafar yosh musavvir rasmlari mazkur tanlovda mukofotga munosib topilgan.
Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa va san’at akademik litseyi
o‘quvchisi Nodirxo‘ja Fatxullaxo‘jayev musiqa olamiga sayohat mavzuidagi surati uchun tanlov medaliga munosib topildi. Eng yaxshi o‘quv maskani uchun yo‘nalishi bo‘yicha esa mazkur bilim dargohining o‘quvchilari Nuriddin Hojixo‘jayev, To‘lqin Ziyodullayev, Abror Abduhakimov va Bo‘ron Aliboyev chizgan rasmlar faxriy mukofotlarga sazovor bo‘lgan.
“Liditse – 2017” xalqaro ko‘rgazmasida jahonning 80 dan ortiq davlatidan 25 ming nafardan ziyod o‘g‘il-qizning “Sayohat” mavzuidagi rang-barang rasmlari namoyish etildi.