Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasida Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bag‘ishlangan aksilkorrupsiya haftaligi doirasida “Korrupsiya – rivojlanishimizga to‘siq” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda bugungi kunda butun mamlakatimiz bo‘ylab korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar, davlatimiz rahbari tomonidan korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish borasida qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati haqida batafsil ma’lumot berildi.

So‘nggi yillarda bojxona xizmatida amalga oshirilayotgan islohotlar va o‘zgarishlar negizida raqamli bojxonaning tashkil etilishidan ko‘zlangan asosiy maqsad ham tadbirkorlik sub’ektlariga qulay shart-sharoit yaratish, ularning vaqt va xarajatlarini tejash bilan bir qatorda bojxona idoralarida korrupsiyaviy holatlarning oldini olish va ushbu illatga qarshi kurashishdagi qat’iy pozitsiyani belgilashdan iborat.

Tadbir so‘ngida boshqarmada korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida ishlarni yanada jonlantirish, barcha xodimning ona vatanimiz taraqqiyoti yo‘lida fidoyi xizmat qilishi zarurligi qayd etildi.

 

Dovud Abibullayev, O‘zA