O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining O‘zbekiston Respublikasi saylangan Prezidentining lavozimiga kirishishiga bag‘ishlangan qo‘shma majlisi davom etmoqda

–Saylovda menga bildirilgan ishonch – yuksak sharaf, muqaddas burch ekanini, ayni vaqtda bu ishonch zimmamga qanday ulkan mas’uliyat va javobgarlik yuklashini ham chuqur his etib turibman. Nomzodimni ilgari surgan va saylov kampaniyasida qo‘llab-quvvatlagan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining a’zolari va faollariga, barcha tarafdorlarim hamda ishonchli vakillarimga tashakkur aytaman.

Davlatimiz rahbari saylovda faol ishtirok etgan – O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan nomzod – Maqsuda Vorisovaga, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan – Alisher Qodirovga, O‘zbekiston Ekologik partiyasidan – Narzullo Oblomurodovga, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan – Bahrom Abduhalimovga alohida minnatdorlik bildirdi va ularning kelgusi ishlariga omadlar tiladi.

–Barchangiz xabardorsiz, bundan besh yil oldin xalqimiz bilan bamaslahat Harakatlar strategiyasini qabul qilgan edik. O‘tgan davr mobaynida ushbu Strategiya asosida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Yangi muddatga lavozimga kirishayotgan Prezident sifatida jonajon Vatanimizning bugungi kuni va kelajagi uchun butun mas’uliyat va javobgarlikni chuqur his etgan hola aytmoqchiman: xalqimiz bilan boshlagan demokratik islohotlar yo‘lini yanada qat’iy davom ettiramiz va bu yo‘ldan hech qachon ortga qaytmaymiz.

Asosiy qomusimiz kafili sifatida Konstitutsiya va qonunlarimiz talablarini so‘zsiz bajarish, “Inson qadri uchun” degan ustuvor tamoyilni to‘la ro‘yobga chiqarish, bundan buyon ham faoliyatimning bosh mezoni bo‘lib qoladi,– dedi davlatimiz rahbari.

Jarayonni O‘zAda kuzatib boring.