Markaziy saylov komissiyasi Matbuot markazida bugun boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi yakuniga bagʻishlangan brifing boʻlib oʻtdi. Bu boʻyicha Markaziy saylov komissiyasi Raisi Zayniddin Nizomxoʻjayev maʼlumot berdi.

– Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylov boʻyicha mamlakatimizdagi barcha saylov uchastkalarida soat 20.00 da ovoz berish yakunlandi. Oʻzbekiston Respublikasining Yevropadagi ayrim davlatlar va Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi vakolatxonalari huzurida tashkil etilgan saylov uchastkalarida ovoz berish jarayonlari davom etmoqda.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, hozirga qadar mamlakatimiz boʻyicha saylovda ishtirok etganlar 16 million 36 ming 914 nafarni yoki 80,8 foizni tashkil etmoqda.

Chet ellarda ovoz bergan vatandoshlarimiz soni haqida ertaga maʼlumot beramiz.Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 96-moddasida, saylov, agar unda saylovchilarning kamida 33 foizi ishtirok etgan boʻlsa, haqiqiy deb hisoblanishi belgilangan. Demak, Saylov kodeksiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi boʻlib oʻtgan va haqiqiy deb hisoblanadi.

Bugun boʻlib oʻtgan Prezident saylovi xalqimizning ulkan tarixiy yutugʻidir. Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 96-moddasida, saylov, agar unda saylovchilarning kamida 33 foizi ishtirok etgan boʻlsa, haqiqiy deb hisoblanishi belgilangan.

Demak, Saylov kodeksiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi boʻlib oʻtgan va haqiqiy deb hisoblanadi. Bu – oʻz taraqqiyotining yangi, demokratik bosqichiga qadam qoʻygan Oʻzbekiston xalqining siyosiy-huquqiy ongi, madaniyati va siyosiy faolligi tobora yuksalib borayotganining tasdigʻi, xalqimizga xos ahillik va hamjihatlikning yana bir ifodasidir.

Shuningdek, koʻp millatli Oʻzbekiston xalqi davlatimiz tomonidan olib borilayotgan ichki va tashqi siyosatni, amalga oshirilayotgan tub demokratik islohotlarni qoʻllab-quvvatlayotganining amaldagi yorqin namoyonidir.Bugun boʻlib oʻtgan Prezident saylovi xalqimizning ulkan tarixiy yutugʻidir. Saylov uchastkalarida siyosiy partiyalarning Prezidentlikka nomzodlarga berilgan ovozlarni sanab chiqish jarayonlari davom etmoqda. Ertaga, yaʼni 25-oktyabr kuni soat 16:00 da boʻlib oʻtadigan matbuot anjumanida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga oʻtkazilgan saylovning dastlabki natijalari eʼlon qilinadi, – dedi MSK Raisi.

 

N.Nasriyev, OʻzA