So‘nggi yillarda mamlakatimizda ta’lim sohasiga, ayniqsa, yoshlarning yuqori darajada bilim egallashiga katta e’tibor qaratilmoqda.
Kelajagimiz egalari orasidan qobiliyatli va bilimli yoshlarni aniqlash, ularni o‘zlari qiziqqan fanlarga chuqurlashtirilgan holda o‘qitish maqsadida har bir hududda ochilgan Prezident maktablari, ixtisoslashtirilgan va ijod maktablari bilan bir qatorda kuni kecha axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga yo‘naltirilgan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi Nukus filialining yangi binosi foydalanishga topshirildi.
Qisqa vaqt ichida mazkur maktabda byudjet mablag‘lari hisobidan 61 milliard so‘mlik qurilish ishlari olib borildi, sifatli ta’lim uchun barcha qulay sharoit yaratildi. 52 ta o‘quv, 10 ta kompyuter xonasi, 6 ta laboratoriya, 9 ta xorijiy tillar xonasi, 250 o‘ringa mo‘ljallangan faollar zali, sport zal, kutubxona va 252 o‘rinli oshxona o‘quvchilar ixtiyorida.
Hozirda ta’lim maskanida jami 428 nafar iqtidorli o‘g‘il-qiz saboq olmoqda.
Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA