FOTOREPORTAJ

Bu yilgi saylovlar xalqimiz uchun ham, nomzodlar uchun ham yangicha sinov maydoni bo‘ladi. Aralash tizimda o‘tkaziladigan mazkur jarayonda saylovchilar nomzodlargagina emas, partiyalarga ham ishonch bildiradi, ularni yoqlab ovoz beradi.

Shundan kelib chiqib, joylarda parlament hamda mahalliy Kengashlar deputatligiga nomzodlar bilan uchrashuvlar tashkil qilinmoqda. Ularda targ‘ibot tadbirlariga tayyorgarlik, zamonaviy usullarni samarali qo‘llash, xususan, ijtimoiy tarmoqlar, axborot kommunikatsiya vositalaridan to‘g‘ri foydalanishga oid masalalar muhokama qilinmoqda.

Nukus shahrida o‘tkazilgan navbatdagi ana shunday uchrashuvni O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublika Kengashi raisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesidagi partiya fraksiyasi rahbari Xalilla Yeshimbetov olib bordi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari Qizilgul Qosimova, Anvar Temirov so‘zga chiqib, saylov kampaniyasi va targ‘ibot tadbirlaridagi o‘ziga xosliklar xususida so‘z yuritdi.

Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA