Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasida 2021 yilning yanvar-sentyabr oylari davomida amalga oshirilgan ishlarga bag‘ishlangan matbuot anjumani bӯlib ӯtdi.

Boshqarma boshlig‘i birinchi ӯrinbosari, bojxona xizmati mayori Asrorjon Muqimov va boshqalar ta’kidlaganidek,  joriy yilning o‘tgan 9 oyi davomida qiymati 308,7 million AQSH dollariga teng mahsulot eksport bojxona rejimiga rasmiylashtirildi. Umumiy qiymati 456 million AQSH dollarini tashkil etuvchi respublika tashqi savdo aylanmasining 67 foiz tovarlar eksportiga to‘g‘ri keladi.

Respublika hududidan asosan polietilen, artemiya sistasi, kunjut mahsulotlari, paxta tolasi, propilen, qizilmiya ildizi va uning ekstrakti, ip kalava, kalsinirlangan soda hamda teri mahsulotlari Turkiya, Xitoy, Rossiya, Latviya, Qozog‘iston kabi bir qator davlatlariga eksport qilindi. Texnologik asbob-uskunalar, kimyo sanoati mahsulotlari, yog‘och va taxta, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari kabi umumiy qiymati147,3 million AQSH dollariga teng mahsulot boshqarma tomonidan import bojxona rejimiga rasmiylashtirildi.

Shuningdek, joriy yilning o‘tgan davri davomida boshqarma tomonidan bojxona organlarining o‘z fiskal vazifalarini amalga oshirish doirasida bojxona to‘lovlaridan 227 milliard 630 million so‘m pul mablag‘i davlat byudjetiga o‘tkazilishi ta’minlandi.

Hukumatimiz tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha belgilangan har bir vazifa ijrosini so‘zsiz ta’minlash maqsadida, bojxona organlari tomonidan tadbirkorlarga qulaylik sifatida jami 179 milliard 883 million so‘m miqdorida bojxona to‘lovidan imtiyoz qo‘llanildi. Bojxona yuk deklaratsiyalarini ro‘yxatga olishga ilgari o‘rtacha hisobda 2-3 soat vaqt sarflangan bo‘lsa, hozirda avtomatlashtirish natijasida jarayon 5 daqiqada bajarilmoqda.

Hisobot davrida bojxona sohasiga oid qonunchilik hujjatlarining buzilishi bilan bog‘liq 283 ta huquqbuzarlik holati aniqlanib, qiymati

4 milliard 391 million so‘mlik tovar-moddiy boylik ashyoviy dalil tariqasida ushlab qolindi. Shundan, jami 7 ta holatda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Jumladan, boshqarma xodimlari tomonidan 9 oy davomida 102,35 gr.“opiy” 13,35 gr. “marixuanna”, 6 tup “kannabis”, 1,83 gr. giyohvandlik o‘simlik urug‘i va 1211 ta tabletka “Tramadol”, 222 flakon “Tropikamid” va 314 kapsula “Regapen” nomli kuchli ta’sir qiluvchi vosita, shuningdek,  52 dona psixotrop tabletka aniqlandi. O‘qotar sovuq qurollar toifasidan 6 dona o‘q-dori, 2418 dona gilza, 1,15 kg droblarning noqonuniy tarzda bojxona chegaralari orqali kirib kelishi va noqonuniy aylanmada bo‘lishining oldi olindi hamda tegishli tartibda qonuniy choralar ko‘rildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 sentyabrdagi “Bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish va davlat bojxona xizmati organlari tashkiliy tuzilmasini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi  hamda 2021 yil 10 sentyabrdagi “Bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish va davlat bojxona xizmati organlari tashkiliy tuzilmasini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmonlari bilan amalga oshirilayotgan ishlar tӯg‘risida ma’lumot berildi.

Jumladan, farmon bilan, 2021 yil 1 oktyabrdan boshlab Davlat bojxona qo‘mitasining Toshkent, Sirdaryo, Qashqadaryo va Xorazm viloyatlari bo‘yicha boshqarmalarida, 2022 yil 1 apreldan boshlab Davlat bojxona qo‘mitasining boshqa hududiy boshqarmalarida toifadan tashqari maqomga ega bo‘lgan “Masofaviy elektron deklaratsiyalash» bojxona postlarining bosqichma-bosqich tashkil etilishi belgilandi. Shuning natijasida bojxona operatsiyalarini amalga oshirishga ketadigan vaqt qisqartiriladi, tovarlarning bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi jarayonlarida inson omili keskin kamaytiriladi, korrupsion faktorlar minimallashtiriladi hamda “Qog‘ozsiz raqamli bojxona” yanada rivojlantiriladi.

Tadbirda ommaviy axborot vositalari vakillari hamda blogerlar ӯzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

 

Dovud Abibullayev, O‘zA