O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi “Vaqf” xayriya jamoat fondi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy filiali tomonidan “Siz bizga keraksiz!” shiori ostida eshitish va gapirish imkoniyati cheklanganlar istiqomat qiladigan kam taminlangan muxtoj oilalar uchun xayriya tadbiri utkazildi.

Tadbir davomida yuz nafar gapirish va eshitish imkoniyati cheklangan, nogironligi bӯlgan shaxslarga xayriya dasturxoni yozildi. Ularning har biriga oziq-ovqat mahsulotlari berildi.

– Inson manfaatlari ustuvor mamlakatimizda hech kim e’tibordan chetda emas, – deydi “Vaqf” xayriya jamoat fondi Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali rahbari vazifasini vaqtincha bajaruvchi Islombek Tajetdinov. – Jamoat fondi tomonidan nogironligi bӯlgan shaxslar, yolg‘iz keksalar, boquvchisini yӯqotgan va kam ta’minlangan, yordamga muhtoj oilalarning ahvolidan doimiy xabar olinib, ularga oziq-ovqat mahsulotlari berilmoqda. Bunday xayriya tadbirlari barcha hududlarda davom etmoqda.

Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA