Xeops piramidasida aniqlangan 30 metrlik bo‘shliqda meteorit tarkibidagi temirdan ishlangan taxt borligi aytilmoqda. Astrofizik Julio Maglining ushbu nazariyasi Eurekalert saytida e’lon qilindi.
Tadqiqotchining fikricha, piramida ichida aniqlangan bo‘shliq qurilish vaqtida yo‘l qo‘yilgan kamchilik bo‘lishi ehtimoldan xolidir.
“Xeopsdagi ushbu joy bejiz qurilmagan nazarimda. Bu qadimgi Misrda mayitni dafn qilish marosimi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Qadimda misrliklar fir’avn vafotidan keyin temirdan yasalgan taxtga o‘tirishiga, shundan so‘ng samoviy darvoza orqali shimoliy yulduzlar tomon parvoz qilishiga ishonishgan”, deyiladi Julio Magli maqolasida.
Olimlar piramida ichida havo aylanishi imkonini beradigan to‘rtta yo‘lak borligini qayd etishdi. Havo yo‘laklari, o‘z navbatida, misr diniy ta’limotiga ko‘ra, marhum ruhining osmonga ko‘tarilishi uchun chiqish eshigi vazifasini ham bajargan. Shimol tomon yo‘nalgan havo yo‘ligi esa muxrlangan eshik tomon yetaklaydi. Julio Magli fira’vnning temir taxti ana shu eshik ortida bo‘lishi mumkin.
Tadqiqotchi o‘z nazariyasini firavn Xeopsning onasi Xetepxeres oltin qoplamali kedr daraxtidan ishlangan taxtining topilish jarayoni bilan izohlamoqda.
Xeops piramidasi dunyoning yetti mo‘jizasidan biri sanaladi. U eramizdan avvalgi 3-mingyillikda Xeops tomonidan qurilgan. Ushbu yodgorlik inson qo‘li bilan yaratilgan eng baland inshootlardan biridir. Uning balandligi 145 metrni, kengligi va uzunligi esa teng ravishda 230 metrni tashkil etadi.