Amudaryo ustidan o‘tuvchi temir yo‘l va avtomobil yo‘li qo‘shma ko‘prigi Qoraqalpog‘istonni Xorazm viloyati bilan bog‘laydigan zamonaviy loyiha hisoblanadi.

Ayni paytda qirg‘oqlar temir-beton bilan mustahkamlanib, ko‘prikning tayanch ustunlari qurilmoqda.

Loyihaning qiymati 174 million dollar bo‘lib, uning evaziga 80 kilometrlik temir yo‘l va Amudaryo ustida 413 metr uzunlikdagi ko‘prik barpo etiladi.

Bu infratuzilmalarning samaradorligi juda yuqori. Masalan, Xorazm viloyati bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘rtasidagi temir yo‘l masofasi 240 kilometrga, vaqti esa 6 soatga qisqaradi. Mahalliy yuk tashish hajmi yiliga 12 million tonnadan 25 million tonnaga oshadi. Shuningdek, xalqaro tranzitlar uchun ham qulaylik kengayadi. Avtomobillar harakati yaxshilanib, aholining uzog‘i yaqin bo‘ladi.

 

A’lo ABDULLAEV (surat), O‘zA