O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qarori
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 80-moddasining 3-bandiga va “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni 9-moddasi birinchi qismining 3-bandiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati
Q A R O R Q I L A D I :
1. Raxmatilla Salaydinovich Orziqulov hamda Shuxrat Esanbayevich Rajabov boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi lavozimidan ozod etilsin.
2. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Senatining Raisi T.Narbayeva
Toshkent shahri,
2021 yil 29 may