Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirgacha Toshkent viloyatiga 206 ming 300 doza koronavirus vaksinasi olib kelingan. Umumiy emlanganlar soni 80 ming 32 nafarni tashkil etmoqda. Xususan, 20 may kuni 402 nafar fuqaro emlandi.

Joriy yilning 20 may holatiga viloyatda koronavirus kasalligiga chalinganlar 47 nafar bo‘lib, mavsum boshidan buyon bu ko‘rsatkich 18 ming 401 nafarni tashkil etmoqda. Shundan 17 ming 594 nafari sog‘aygan.

Hozir viloyat bo‘yicha jami 656 nafar kishi davolanmoqda. Ulardan 247 nafari Zangiota tumani hududida joylashgan 1 va 2-sonli ko‘p tarmoqli yuqumli kasalliklar shifoxonasida, 409 nafari uy sharoitida davolanmoqda. Shuningdek, 211 ta tez tibbiy yordam brigadalari aholiga tibbiy yordam ko‘rsatib kelmoqda. 56 ta mobil guruhlar tomonidan kuni kecha 121 nafar bemorga tibbiy xizmat ko‘rsatilgan bo‘lsa, Sall markazlarga 20 may kuni 26 nafar bemor murojaat qilgan.

Viloyatda 970 ta shifo, 191 ta reanimatsion o‘rinlar mavjud. Shahar va tumanlarda tashkil etilgan 348 ta emlash punktlaridan 163 tasi barqaror ishlamoqda. Markazdan va aholi yashash punktlaridan uzoqda joylashgan hududlardagi emlash punktlariga 53 ta avtotransport vositalari biriktirilgan.

Viloyat bo‘yicha 331 ta shifokor, 623 nafar vaksinatorlar va ularning dublyorlari, 597 nafar registratorlar biriktirilgan. 60 ta harakatdagi brigada tashkil etildi.

 

A.Musayev, O‘zA