Pekinda bir milliondan ortiq odam COVID-19 virusiga qarshi vaksinaning birinchi dozasi bilan emlandi, deb xabar beradi Kazinform muxbiri Xitoy sog‘liqni saqlash munitsipal komissiyasiga tayanib.
Pekin hukumati juma kunigacha Xitoy poytaxtidagi asosiy aholi orasida koronavirusga qarshi emlashning birinchi dozasini yakunlashi kutilmoqda.
Pekinda koronavirusga qarshi emlash jarayoni shu yilning 12 fevralida boshlanadigan Xitoy Yangi yiliga qadar yakunlanishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Xitoy aholisini COVID-19 virusiga qarshi emlash o‘tgan yilning 15 dekabrida boshlangan edi.