Ertaga, 24 may kuni poytaxtimizda sport gimnastikasi bo‘yicha ayollar o‘rtasida “Parij-2024” Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanmalar taqdim etadigan turnir boshlanadi.

Xo‘sh, ushbu turnirda jahon sport gimnastikasining afsonasi bo‘lgan hamyurtimiz Oksana Chusovitina ishtirok etadimi?

O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi xabariga ko‘ra, mazkur nufuzli musobaqada Oksana Chusovitina ham ishtirok etishi kutilgan edi.

Biroq, u kechagi mashg‘ulotlarda jarohat olgani sababli Toshkent bellashuvlarida ishtirok eta olmaydi. Bu, Chusovitinaning “Parij-2024” o‘yinlarida qatnashish imkoniyatini nolga tenglashtirishi mumkin.

 

T.Ro‘ziyev,

O‘zA