Butunjahon boks tashkiloti (WBO) may oyi uchun yangilangan reytingni e’lon qildi. Mazkur reytingdan mamlakatimizning 7 nafar charm qo‘lqop ustasi joy oldi.
Aniqrog‘i, Shahram G‘iyosov yarimo‘rta vazn toifasida (66,6 kg) o‘tgan oydagi kabi 2-o‘rinda qoldi.Hasanboy Do‘smatov birinchi o‘ta yengil vazn toifasida (48,8 kg) 7-o‘rindan joy olgan bo‘lsa, o‘ta yengil vazn toifasida (50,8 kg) Olimjon Nazarov 4-o‘rinni egalladi.
Murodjon Ahmadaliyev esa birinchi yarim yengil vaznda (55,3 kg) o‘tgan oydagidan bir pog‘ona yuqorilab, 5-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Shuningdek, o‘z vazn toifalarida Muhammad Shexov 6, Bektemir Meliqo‘ziyev 9, Bahodir Jalolov 15-pog‘onadan joy oldi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA