Shamsiddin Vohidovni kuchlilar safiga olib chiqqan «Sharjah Master — 2024» turniri Muhiddin Madaminovni O‘zbekistonning 29-grossmeysteri darajasiga ko‘tardi.

Joriy yilning 14-22 may kunlari Saudiya Arabistonida o‘tkazilgan «Sharjah Master — 2024» turniri yakuniga ko‘ra, hamyurtimiz Shamsiddin Vohidov hindistonlik Bardiya Daneshvar, rossiyalik Volodar Murzin va AQSH vakili Sema Shenklend bilan bir xil (6,5) ochko jamg‘argan holda nufuzli musobaqaning 4-pog‘onasidan joy egalladi.

Ushbu xalqaro turnirda ishtirok etgan mahoratli shaxmatchilarimizdan Javohir Sindorov 5,5 ochko bilan 19-o‘rinni egalladi. Shuningdek, turnirda o‘z omadini sinab ko‘rgan Jahongir Vohidov 3,5 ochko, Nodirbek Yoqubboyev 2 ochko jamg‘arishga muvaffaq bo‘ldi.

“Sharjah Master — 2024” turnirida qatnashgan yosh shaxmatchilarimizdan Muhiddin Madaminov 9 imkoniyat davomida 4,5 ochkoga ega bo‘lgan holda grossmeysterlik talabini bajarganligi o‘ziga xos voqelik bo‘ldi. Bu esa Madaminovning O‘zbekistonning 29-grossmeysteri nomiga ega bo‘lishiga olib keldi.

 

T.Ro‘ziyev,

O‘zA