Mamlakatimiz kino san’ati bir asrdan ziyod tarixga ega bo‘lib, o‘ziga xos taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdi. Bu davr mobaynida o‘zbek kinosining poydevori yaratilib, u xalqimizning madaniy-ma’naviy hayotida muhim o‘rin egalladi.

So‘ngi yillarda milliy kinematografiya rivojiga qaratilayotgan katta e’tibor natijasida sohada muayyan yutuqlarga erishildi. Mazmun va shakl jihatidan rang-barang kino asarlar yaratilib, ular tomoshabinlar e’tiborini qozondi.

Ayni vaqtda bugun jahonda kechayotgan globallashuv jarayonlari, mamlakatimizni modernizatsiya qilish va yangilashning ustuvor vazifalari barcha soha va tarmoqlar qatorida kino san’atini ham takomillashtirish, soha rivoji uchun yangi imkoniyatlar yaratishni talab etmoqda.

Joriy yilda milliy kinolarimiz bir qator yutuqlarga erishdi. Yangidan yangi janrlarda kinofilmlar yaratildi. janr va mavzu, balki kinodagi tafakkur doirasi ham kengaymoqda.

Yutuqlar ham o‘ziga yarasha bo‘lmoqda. Misol uchun, Yaponiyaning “DigiCon6 Asia-2020” xalqaro qisqa metrajli filmlar festivalida “O‘zbekkino” Milliy agentligida saralab olingan filmlar qatnashdi va bu g‘olib deb topildi. Yoki “Faridaning ikki ming qo‘shig‘i” “Oskar” va “Oltin globus”ga da’vogarlar ro‘yxatidan joy oldi.

Tanlovimizning “2020 yilning eng yaxshi targ‘ibot tadbirlari tashkilotchisi” nominatsiyasida “O‘zbekkino” milliy agentligi g‘olib deb topildi.