Davlatimiz rahbarining Murojaatnomasida sud-huquq sohasini isloh qilish masalasiga e’tibor qaratildi.
Adolat – davlatchilikning mustahkam poydevori, deb ta’kidladi Prezident. Adolatni ta’minlashda esa sud-huquq sohasining o‘rni muhim.
Yangi yildan boshlab “Bir sud – bir instansiya” tamoyili joriy etiladi.
Viloyat sudlari ustidan berilgan shikoyatlar shu sud tomonidan ko‘rib chiqilishi amaliyoti bekor qilinadi.
Sudlarda ishlarni ko‘rib chiqish sifatini oshirish zarur. Chunki o‘tgan yilda Oliy sud tomonidan quyi sudlar tomonidan chiqarilgan 13 ming qaror o‘zgartirilgan.
Odil sudlovga xos bo‘lmagan ishlarni nazorat tartibida ko‘rish bekor qilinadi
Fuqarolik, jinoyat, iqtisodiy va ma’muriy sudlar emas, yagona sud amliyoti yo‘lga qo‘yiladi.
Dastlabki eshituv instituti joriy etiladi.
Investorlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga sharoit yaratish maqsadida investitsiyaga oid ishlar Oliy sudda ko‘rib chiqiladi. Ya’ni ular to‘g‘ridan-to‘g‘ri Oliy sudga murojaat qilishi mumkin bo‘ladi.
Onlayn sudlar joriy etiladi. Bu fuqarolarga har tomonlama qulaylik yaratadi.