Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Feruza Eshmatova BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi doimiy vakili Akiko Fujii bilan uchrashdi.

Mehmonga Ombudsmanning asosiy faoliyat yo‘nalishlari, jumladan, aholi bilan yo‘lga qo‘yilgan muloqot haqida ma’lumot berildi.

O‘zaro muloqot davomida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) va BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan loyihalar muhokama qilindi.

A.Fujii yoshlar huquqlarini ta’minlash yo‘nalishida hamkorlikni kuchaytirish muhimligini ta’kidladi. Har kim ikkinchi imkoniyatga va hayotini yangidan boshlashga haqli ekanidan kelib chiqib, jazo muddatini o‘tab, ozodlikka chiqqan yoshlar uchun loyihalar, maxsus kurslar tashkil etish zarurligini qayd etdi.

Shuningdek, Ombudsman instituti bilan hamkorlikni davom ettirishga qiziqish bildirildi. Yoshlar orasidagi jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan loyihalar ustida ishlash ham ahamiyatli ekani ta’kidlandi.

N.Abduraimova,  

O‘zA