Boku shahrida o‘tkazilayotgan BMT Iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi hadli konvensiyasi Tomonlari konferensiyasining 29-sessiyasi (COP29) doirasida O‘zbekiston Milliy pavilonida Turkiy davlatlar tashkilotiga (TDT) a’zo davlatlar atrof-muhit va ekologiya bo‘yicha mas’ul vazirlarining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda TDT Bosh kotibi, COP29 prezidenti Kubanichbek Omuraliyev, Ozarbayjon Respublikasi Ekologiya va tabiiy resurslar vaziri Muxtor Babayev, O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov, TDTga a’zo davlatlarning atrof-muhitni muhofaza qilish vazirlari ishtirok etdi.
TDTga a’zo davlatlar o‘rtasida atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida hamkorlikni kengaytirish, ekologiya va iqlim o‘zgarishi, shuningdek, COP29 va UNFCCC muzokaralarida turkiy davlatlarning ovozini mustahkamlash va birlashtirish maqsadida tashkil etilgan uchrashuvda ekologik hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha kelgusidagi imkoniyatlar va takliflar muhokama qilindi.
Muloqot so‘ngida TDT atrof-muhit va ekologiya bo‘yicha mas’ul vazirlarining birinchi yig‘ilishi Deklaratsiyasini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Muhayyo Toshqorayeva,
O‘zA
Ozarbayjon, Boku