Prezidentimiz Oliy Majlisga Murojaatnomasida sohalarda yuzaga kelayotgan muammolarda bilim yetishmasligini ta’kidladi.
– Bilim yetishmasligi, afsuski barcha sohalarda sezilmoqda, – dedi davlatimiz rahbari. – Yangi O‘zbekiston deymiz, transformatsiya deymiz, islohotlar deymiz, yoshlardan vazirlar tayinlayapmiz, ammo quyi pog‘onalarda, vazirliklarda o‘ziga mas’uliyat olishga yo qo‘rqadi yoki bilimi yo‘q, yo korrupsiyaga bog‘langan.
Xolbuki, birorta xududni ham, tarmoqni ham zamonaviy ilm va bilimlarsiz rivojlantirib bo‘lmaydi. Taraqqiy etgan mamlakatlarda yalpi ichki mahsulotning 50 foizidan ortig‘i bilimlar iqtisodiyoti hisobidan, ya’ni innovatsiyalar va yuqori malakali kadrlar tomonidan yaratilayotgani buni yaqqol isbotlab turibdi.
Bundan buyon har bir mahalla va qishloq o‘z yo‘nalishi va o‘sish nuqtalaridan kelib chiqib, rivojlantiriladi. Buning uchun kelgusi yilda uch trillion so‘mlik xududlar infratuzilmasini rivojlantirish jamg‘armasi tuziladi. Jamg‘arma mablag‘lari mahalliy Kengash taklifiga asosan infratuzilma loyihalarini qo‘shma moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.
Shuningdek, 84 ta tuman va shaharda sanoat slohiyatini oshirish maqsadida 100 ta texnopark, kichik sanoat zonalari, xududiy klaster va maxsus logistika markazlari tashkil etiladi. Kelgusida erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarini zarur infratuzilma bilan ta’minlash uchun 1,6 trillion so‘m yo‘naltiriladi.