O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi bo‘lib o‘tmoqda.
Unda yakunlanayotgan yil sarhisob qilinmoqda.
“Bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinish darajasi 4 yilda 2 barobar oshib 60 foizga yetkazildi. Bog‘chalar soni esa 3 barobarga ko‘payib, 14 mingdan oshdi”, dedi davlat rahbari.
Oliy ta’lim muassasalariga qabul parametrlari 2016 yilga nisbatan 2,5 barobarga o‘sdi. Yoshlarimizni oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasi 9 foizdan 25 foizga yetdi. Ehtiyojmand oilalarning mingga yaqin qizlari ilk bor oliy o‘quv yurtlariga alohida davlat grantlari asosida qabul qilindi.