Shu kunlarda Rossiya Federatsiyasining Qozon shahrida belbog‘li kurash bo‘yicha kattalar, yoshlar va o‘smirlar o‘rtasida jahon chempionati bahslari bo‘lib o‘tmoqda.

30 dan ortiq davlat sportchilari ishtirok etayotgan jahon chempionatining ikkinchi kunida belbog‘li kurashning klassik yo‘nalishidagi musobaqalarda vakillarimiz 1 ta kumush va 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

O‘zbekiston terma jamoasi a’zolaridan Oybek Muhammadov -100 kilogramm vaznda kumush, Asror Solijonov(-68), Murodjon Hamidov(-75) va Shukrullo Mamatkarimov(-82) bronza medallariga egalik qildi.

Bugun, 13 noyabr kungi bellashuvlarda Baxtiyor Turg‘unpo‘latov bosh murabbiyligidagi mamlakatimiz yosh kurashchilari bahslarga kirishdi.

16 noyabrga qadar davom etadigan jahon chempionati bellashuvlarini boshqarib borishda o‘zbekistonlik xalqaro toifadagi hakamlar Mironshoh Ro‘ziyev, Sergey Txak, Ne’matulla To‘ychiyev hamda Elmurod Abdullayev ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston terma jamoasining jahon chempionatidagi umumiy medallari soni hozircha 4 ta oltin, 3 ta kumush va 5 ta bronzadan iborat.

T.Ro‘ziyev,  

O‘zA