“Adolat” sotsial demokratik partiyasi Siyosiy Kengashiga yangi rais saylandi

Oʻzbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashining navbatdan tashqari V-Plenumi kun tartibiga tashkiliy masala ham kiritildi.
Jumladan, partiya Siyosiy Kengashi raisi Narimon Umarov Oliy Majlis Senati aʼzosi hamda qoʻmita raisi etib tayinlangani munosabati bilan oʻz arizasiga muvofiq lavozimidan ozod etish masalasi koʻrib chiqildi.
Plenumda “Adolat” SDP Siyosiy Kengashi raisi lavozimga Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi vitse-prezidenti Abduhalimov Bahrom Abdurahimovich saylandi.

 

OʻzA